Ukraina Zelenskiyga ultimatum qo‘yadi
Ukraina muxolifat platformasi – “Hayot uchun” partiyasi prezident Vladimir Zelenskiy va uning jamoasini Minsk kelishuvlariga rioya qilish yoki iste’fo berishga chaqirdi.
Murojaat matni partiya saytida e’lon qilingan.
Xususan, siyosatchilar amaldagi hukumatdan Minskda uch tomonlama aloqa guruhining samarali ishini tashkil etish va Normand formatidagi pozitsiyani kelishib olishni talab qilmoqda. Shuningdek, ular Donetsk va Luganskdagi saylovlarning o‘ziga xos xususiyati, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimining alohida tartibi to‘g‘risidagi qonunlar va Donbassning alohida maqomi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoidalar qabul qilinishini so‘ramoqda.
“Hayot uchun” partiyasi faollari fikricha, faqat Minsk kelishuvi amalga oshsagina Ukraina ichki ziddiyatga barham bera oladi va energetika inqirozini yengadi.
Shanba kuni Minskda 2015 yil 12 fevralda bo‘lib o‘tgan sammit qarorini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘plami imzolanganiga bir yil to‘ladi. O‘sha kuni Normandiya to‘rtligi - Germaniya, Rossiya, Fransiya, Ukraina rahbarlari muzokara o‘tkazgan. Shu bilan birga Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tgandi. Ushbu tadbirlar yakuni bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilingan. 13 banddan iborat hujjat, xususan, Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish, Kiyev xavfsizlik kuchlari va militsiya o‘rtasidagi demarkatsiya chizig‘idan og‘ir qurollarni olib chiqish, shuningdek, uzoq muddatli siyosiy tartibga solish kabi masalalarni nazarda tutadi.
Moskva Kiyev Minsk kelishuviga rioya qilmayotgani va mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokarani cho‘zayotganini bir necha bor ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi fikricha, Kiyev Donbassga Ukraina qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining yarmini jo‘natgan. Moskva NATO davlatlaridan Rossiya chegaralariga harbiy texnika o‘tkazilishi va Donbassda g‘arb harbiy yo‘riqchilari soni ortishidan xavotir bildiryapti, g‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etib, Donbassda qo‘llanilayotgan qurollarni yetkazib bermoqda.