Ukraina bosh qo‘mondoni general Aleksandr Sirskiy Rossiya kuchlari butun asosiy front bo‘ylab hujumni kuchaytirganini tasdiqladi. Qurolli Kuchlarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ko‘ra, chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi jami 145 marta “Shahid” va boshqa nomdagi uchuvchisiz uchoqlar yo‘naltirilgan. Keng miqyosli dron hujumi Donetsk, Xarkov, Kiyev, Xmelnitskiy, Poltava va Nikolayev kabi bir necha yirik hududlarni nishonga olib, ko‘plab jarohat va moddiy zarar keltirib chiqargan.

Nikolayev shahridagi turar-joy binosida 10 kishi jabrlandi, xonadonlar, shaxsiy buyumlarga ziyon yetdi.

Gubernator Vitaliy Kim hujumni to‘xtatish kerakligini ta’kidlagan.

Ukraina mudofaa kuchlari ma’lumotida tungi hujumga aviatsiya, zenit-raketa tizimi, elektron urush bo‘linmalari va mobil o‘t o‘chirish guruhlari javob qaytargan. Jami 85 dron urib tushirilgan. 49 uchoq yo‘nalishidan chiqib ketgan va mo‘ljallangan nuqtaga yetib bormagan.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina RF hujumi kuchayganini tasdiqladi