Ufa gimnaziyasida otishma sodir bo‘ldi (+video)
Rossiyaning Ufa shahridagi bir gimnaziyada otishma sodir etildi. Hujum qilgan o‘quvchi qo‘lga olindi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.
Dastlabki xabarlarda uch nafar jabrlanuvchi borligi aytilgan, ammo Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov bu ma’lumotni tasdiqlamagan. Maktabdan barcha o‘qituvchilar va o‘quvchilar evakuatsiya qilingan.
Hujum uyushtirgan gimnaziyaning to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, u darsga pnevmatik qurol bilan kelgan va o‘qituvchi hamda sinfdoshlariga qarata o‘q uzgan.
Tergov qo‘mitasi hozirda bir qator jinoiy moddalar bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan. UFA1.RU manbasiga ko‘ra, qurol bilan hujum qilgan maktab o‘quvchisi o‘z kanalida tarix o‘qituvchisidan nafratlanishini yozgan. Ufa shahar merining xabar berishicha, o‘quvchi sinfdoshlari bilan ham nizoli munosabatda bo‘lgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ICVNFYckNtE" title="Ufa gimnaziyasida otishma sodir bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA