Uchqo‘rg‘onda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Shu kunlarda yurtimizda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in davom etmoqda. G‘allakorlar daladagi hosilni nest-nobud qilmay, yig‘ib olishni uyushqoqlik bilan olib bormoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, g‘alla o‘rim-yig‘imi ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Xususan, “Qo‘g‘aylik M.Ismatullayev”, “Dehqon qanoti”, “Oltin vodiy” MMTP hududlaridagi “Qo‘g‘aylik Ena”, “Mamasoli qizi Gulchehra”, “Shohjahon Mohlaroyim” fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganildi.
Ta’kidlash joiz, joriy mavsumda 222 fermer xo‘jaligi tomonidan 6 ming 750 gektar g‘alla maydonida sifatli don yetishtirildi. Hosilni nobudgarchiliklarsiz, qisqa muddatda o‘rib-yig‘ib olish maqsadida 26 ta g‘alla o‘rish kombayni ishlamoqda.
[gallery-12408]
Uchqo‘rg‘onlik g‘allakorlar bu yil 6750 gektar maydonda dehqonchilik qilib, qabul punktlariga har qachongidan-da mo‘l, sara don yetkazib berish uchun astoydil mehnat qilmoqda.
Viloyat rahbari g‘allakorlarning mashaqqatli mehnatini e’tirof etib, ularga kuch-quvvat tiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA