Uchinchi tur yakunlandi
“O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha mamlakatimiz XX milliy chempionati birinchi bosqichining uchinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Chempionatda o‘nta jamoa o‘zaro bahslashmoqda.
“O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha mamlakatimiz XX milliy chempionati birinchi bosqichining uchinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Chempionatda o‘nta jamoa o‘zaro bahslashmoqda.Musobaqa peshqadami – Toshkentning “Ardus” jamoasi Samarqandning “Nafis” jamoasini 4:3, “Kogon”ni (Kogon) 6:2, “Bunyodkor”ni (Toshkent) 4:1, “Do‘stlik-AIN”ni (Qarshi) 6:4 hisobida yengdi.
Mamlakatning amaldagi chempioni – Olmaliqning “Olmaliq” jamoasi dastlabki bahsda texnik g‘alabaga erishdi. Chunki Andijonning “Turon-S” klubi vakillari uchrashuvga yetib kela olmadi. Olmaliqliklar qolgan o‘yinlarda “Maksam-Chirchiq”ni (Chirchiq) 5:1, “Nafis”ni 7:2, “Kogon”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Ardus”ga imkoniyatni boy bergan “Do‘stlik-AIN” vakillari qolgan uchta uchrashuvda “Maksam-Chirchiq”ni 5:0, “Lokomotiv”ni (Toshkent) 7:2, “Paxtakor”ni (Toshkent) 5:0 hisobida yengdi.
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: “Paxtakor” – “Kogon” 1:3, “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:4, “Bunyodkor” – “Paxtakor” 6:5, “Nafis” - “Turon-C” 2:6, “Turon- C” – “Kogon” 2:4, “Maksam-Chirchiq” – “Lokomotiv” 7:4, “Lokomotiv” – “Paxtakor” 7:1, “Bunyodkor” – “Turon-C” 2:3, “Nafis” – “Maksam-Chirchiq” 2:5.