Tut mevasi yuz dardga davo (+video)
Yurtimizda bog‘dorchilik qishloq xo‘jaligining serdaromad tarmog‘i hisoblanadi. Bizda yetishtirilgan mevalar xushta’mligi va shifobaxshligi bilan mashhur.
Jumladan, tut daraxtining mevasi bu borada alohida o‘rin tutadi. Bugungi videolavhada tut mevasining shifobaxshligi, yurtimizda hosildor tut daraxtini ko‘paytirish va tut mevasidan mahsulot tayyorlash hajmini oshirish borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot beramiz.
Tut barglari pilla yetishtirishda yagona ozuqa bazasi hisoblansa, mevasi xalq tabobatida ko‘plab kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlatiladi.
Tutning mevasi nafaqat iste’mol qilinadi, balki, quritilib, qayta ishlanadi. Undan konserva, turli xil vinolar, shampan, kompot, sharbat, qiyom kabi mahsulotlar ham tayyorlanadi.
Yurtimizda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hamda ozuqa bazasini rivojlantirish maqsadida hosildor tut daraxtini ko‘paytirish ishlari jadal davom etmoqda.
Tabobatda bu o‘simlikning ildizi, tanasi, tanasidagi qalin po‘stlog‘i, shoxi, novdasi, bargi, guli, g‘o‘rasi, mevasi va quritilgan mayizidan hamda urug‘idan ham foydalanishadi. Oziq-ovqat sanoatida, farmatseftika, tibbiyot va xalq tabobatida keng ishlatiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XRfyUU4rGJI" title="Tut mevasi yuz dardga davo" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Turli xil qaynatmalar va dimlamalar, sharbat hamda shinnilar, 180 dan ortiq retseptlar asosida farmatseftikada dori vositalari tayyorlanadi. Sanoatda uning urug‘i qayta ishlanib, undan sifatli moy, har xil kislotalar ham olinadi.
Gulnoza Boboyeva,
Abror Sodiqov (video), O‘zA