Turkiyada zenit-raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi
Turkiyadagi “Aksaray” poligonida “Hisar-O” zenit-raketa kompleksi sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Turk milliy xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslangan “Anadolu Ajansı” agentligi xabariga ko‘ra, Turkiya mudofaa sanoati Boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur kompleks nishon – uchuvchisiz boshqariluvchi samolyotni urib tushirgan.
25 dekabrda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an amaldagi partiya faollari bilan Gaziantepdagi uchrashuvida mamlakat pandemiyadan keyingi bir yilda iqtisodi yuksala boshlagan davlatlar sirasiga kirishini aytgandi.