Turkiyada yuk kemasi cho‘kib ketdi
Turkiyaning Zonguldak viloyatida sodir bo‘lgan bo‘rondan so‘ng “Kafkametler” yuk kemasi cho‘kib ketdi. Ayni payt 12 nafar ekipaj a’zosi qidirilmoqda, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri Ali Erliqoya.
Yakshanba kuni ertalab Turkiya bayrog‘i ostidagi kemadan signal kelib, kapitan Eregli porti tomon suzib ketayotganini aytdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, sahnida 12 kishi bo‘lgan, 1542 tonna ferrosilikon olib ketayotgan kema Rossiyaning Temryuk portidan Izmir viloyatidagi Aliog‘a portiga yo‘l olgan edi.
– Kema to‘lqinga urilgandan keyin cho‘kib ketgan, – dedi vazir brifingda. – 12 nafar ekipaj a’zosi – Turkiya fuqarolari bilan hali aloqa o‘rnatilmadi.