Turkiyada odamlar yer ostida qolib ketdi
Turkiyaning Erzinjon viloyati Ilich tumanida oltin koni joylashgan kattagina hududda ko‘chki sodir bo‘ldi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Erliqoya voqea yuzasidan ma’lumot bergan: Voqea payti konda ishlagan 667 ishchidan to‘qqiz nafarining taqdiri noma’lum. Ular yer ostida qolgan, deya taxmin qilinmoqda. Hududda olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlariga 400 kishi, 40 dan ziyod texnika jalb qilingan.
Hodisa yuzasidan surishtiruv boshlangan.