“Turkish Open – 2026”: Uch vakilimizdan uch medal
Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tayotgan “Turkish Open – 2026” xalqaro turnirida dunyoning 67 mamlakatidan kelgan 3 ming 278 nafar sportchi turli yosh toifalarida ishtirok etmoqda.
Biz uchun ahamiyatlisi, G2 toifasiga kiruvchi musobaqaning kattalar o‘rtasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari dastlabki kunda 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Jumladan, 67 kilogrammgacha vaznda Ozoda Sobirjonova barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Sevinch Hayitova (62 kg) finalga qadar o‘tgan bellashuvlarni muvaffaqiyatli yakunlab, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Svetlana Osipova (+73 kg) terma jamoamiz hisobiga bronza medalini keltirdi.
31-mart kuni "Turkish Open-2026" turnirida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda quyidagi taekvondochilarimiz ishtirok etadi:
Erkaklar:
Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
Behruz Salimov (54 kg)
Dilmurod Ma’rupov (58 kg)
Kamronjon Abdujabborov (58 kg)
Mansurbek Mansurov (58 kg)
Shamsiddin Qurbonov (63 kg)
Diyorbek To‘xliboyev (68 kg)
Nosirjon Qosimxo‘jayev (68 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Yodgorbek Jo‘raboyev (87 kg)
Shohjahon Qoraboyev (+87 kg)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA