Turizm va gastronomiya jadal rivojlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlari tutashgan hududda ajoyib ekoturistik manzil bor. Qadimiy Axsikent yodgorligidan o‘tganda Sherobod majmuasi keladi. Ushbu hudud arxeologik yodgorlikka yondosh bo‘lgani hamda azim Sirdaryoning chap qirg‘og‘ida joylashgani bois turizm va gastronomiya jadal rivojlanmoqda.
– Baliqchilik klasteri tashkil etganmiz, - deydi “Sirdaryo zar zamini” fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Po‘latov. – 8 gektar maydonda, jami 12 ta baliq boqish ko‘limiz mavjud. Bir yilda 150 tonna baliq yetishtiramiz. Baliqlarni tandirda va qozonda, dimlab, qovurib va boshqa 7 xil uslubda pishiramiz. Majmuada baliqli taomlar o‘ziga xos uslubda mijozlarga taqdim etiladi.
[gallery-20265]
Baliqning sazan, oq amur, ilonbosh, laqqa, oqbaliq, do‘ngpeshona turlari boqilib, xom va pishgan holda aholiga yetkaziladi. Bundan tashqari milliy taomlar, kaptar va o‘rdak pishirib sotiladi. Baliq ovlash uchun maxsus joylar tashkil etilgan.
Xo‘jalikda 45 ta doimiy, 40 ta mavsumiy ish o‘rni yaratilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA