Tuproq degradatsiyasining chorasi bormi? (+video)
O‘lmas Sobitov - Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ilmiy xodimi, Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Ma’lumki, agrar sohada mamlakatimizning asosiy mahsuloti ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, meva-sabzavot, poliz va boshqa ekinlar ekiladi va O‘zbekiston bugungi kunda to‘liq o‘zini –o‘zi ushbu mahsulotlar bilan ta’minlay oladi. Faqatgina bir muammo dehqonlarimizni qiynab qo‘ymoqda – degradatsiya masalasi. Bu borada qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilyapti va soha olimi bilan suhbatda bu boradagi ilg‘or yechimlar taqdim etildi.
- Aytingchi, yerlarning degradatsiyasi va sho‘rlanishining oldini olish uchun nimalar qilinishi kerak?
- Bugungi kunda yerlarimizning xolati juda yomonlashib boryapti. Avvalo, degradatsiya nima? Degradatsiya – tabiiy va antropogen ta’sirda tuproqlardagi xossa va xususiyatlardagi o‘zgarishlar. Bir so‘z bilan aytganda tuproqdagi unumdorlikning pasayishi. Aynan mana shu degradatsiya masalasi bo‘yicha Prezidentimizning 2022 yil 10 iyunda 277-sonli qarorlari chiqdi va degradatsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Shular asnosida aytish mumkinki, bugungi kunda respublikamizda sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan 1 mln 900 ming gektar yer maydoni turli darajada sho‘rlangan. Sho‘rlanish degradatsiya masalasida birinchi o‘rinda turadi. Sho‘rlanishning oldini olishda birinchi navbatda tuproqni muhofazalashda yerlarimizni doimiy yashil qoplamalar bilan qoplash, nam hosil bo‘lib turganda tuzlar yuqoriga ko‘tarilmaydi va mana shuni hisobiga ham sho‘rlanish bir muddat kamayadi. Suvlarni filtrlash orqali sug‘orib ham sho‘rlanishni bir muddatga kamaytirishga erishamiz.
Sug‘oriladigan 2.5 mln yer maydoni gomus bilan 1 foizgacha ta’minlangan. Tuproqning gomusi bu – yerning quvvati degani. 1 mln gektar maydonning xolatini yaxshilash vazifasi belgilangan. Buni 2-3 foizga oshira olsak natija yaxshi bo‘ladi...
- Ma’lumki, har yili yangi avlod fermerlari sohaga kirib kelmoqda va ularga 30 yilgacha yerlar ijaraga berilmoqda. Lekin, yerning tarkibini yaxshi o‘rganmay turib, muvafaqqiyatga erishish qiyin bo‘ladi. Bu borada davlatimiz va markaz tomonidan qanday ishlar olib borilyapti va nima maslahat bergan bo‘lardingiz?
- Bir gektar paxta yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari uchun subsidiyalar berish belgilangan. Bu subsidiyalar faqatgina tuproq unumdorligini oshirish uchun...
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/3gAEq4x1VCk" title="Tuproq degradatsiyasining chorasi bormi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA