Tunisda an’anaviy Xitoy tabobati markazi ochildi
“Sinxua” xabar berishicha, Tunis poytaxtidagi Mongi Slim kasalxonasida an’anaviy Xitoy tabobati markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sog‘liqni saqlash departamenti mintaqaviy direktori Toriq Bin Nasr va Szyansi muzofoti sog‘liqni saqlash komissiyasi direktori Gun Szyanpin boshchiligidagi XXR delegatsiyasi ishtirok etdi.
– Bu yerda an’anaviy Xitoy akupunkturasi (alternativ tibbiyot, ya’ni igna terapiyasi) mamnuniyat bilan qabul qilinadi, – dedi Toriq Bin Nasr. – Umid qilamanki, markaz yaxshi sharoitda ishlaydi va mazkur tashabbusni mamlakatning boshqa hududlarida ham targ‘ib qiladi.
Markaz tashkil etilishi Xitoy – Afrika hamkorligi forumi vazirlar yig‘ilishida boshlangan tibbiyot va sog‘liqni saqlash dasturining bir qismi ekani ta’kidlandi.