Tungi reyd: Yangiyo‘lda navbatdagi ekoreyd o‘tkazildi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida navbatdagi ekoreyd nazorat tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur nazorat tadbirlari tumanning "Olmazor" va "Iftixor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida olib borildi.
Xususan, "Olmazor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Muhiddin Tohirov tomonidan tashkil qilingan issiqxona faoliyati o‘rganilganda undagi issiqxona isitish qozoniga filtr o‘rnatilgani va ish faoliyatida ekani, texnik talablarga javob berishi aniqlandi.
Shuningdek, tumanning "Iftixor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan reyd davomida Abdukamol Shermuhammadov tomonidan tashkil qilingan issiqxona faoliyati ham o‘rganilganda undagi mavjud isitish pechi va unga o‘rnatilgan tozalash filtrining ham soz holatdaligi hamda ekologik talablarga javob berishi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu tadbirlar davomida mutasaddilar tomonidan issiqxona egalari va fuqarolarga ekologik talablarga rioya etish va issiqxona faoliyatida qonun talablariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AGw5GN41FT4" title="Tungi reyd: Yangiyo‘lda navbatdagi ekoreyd o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanov, O‘zA