Tuman hokimlari nomzodlarga ovoz berdi
Buxorolik saylovchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida o‘zi munosib ko‘rgan nomzodga ovoz bermoqda.
Qorovulbozor tumani hokimi Akmal Ostonov tumandagi 517-saylov uchastkasida munosib nomzodga ovoz berdi.

Shofirkon tumani hokimi Alisher Fayzilloyev tumandagi Qalmaqon mahalla fuqarolar yig‘ini F.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan 397-saylov uchastkasida bo‘ldi. Hokim Konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri.