Trampning Facebook'ga qaytishi kechiktirildi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp uchun Facebook va Instagram platformalari bloklangan edi.
Facebook kuzatuv kengashi Trampga o‘z akkauntidan foydalanish imkoniyatini hali ham bermadi. Sobiq prezidentning qaytishi bilan bog‘liq qarorlar kechiktirilyapti.
Yanvar oyida Kapitoliyga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Tramp uchun Facebook taqiqlangan edi.
Kengashning ma’lum qilishicha, mamlakatda to‘qqiz mingdan ortiq fuqaroning ovozlari ko‘rib chiqilmoqda. Bu jarayon esa vaqt talab etadi.
Qaror, aslida 21 aprelga qadar qabul qilinishi kerak edi. Ammo tekshiruv ishlari biroz muddatga cho‘zilishi ma’lum qilingan.