Tramp Zelenskiyni yana tanqid qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim Rossiyaga hech qachon rasman berib qo‘yilmasligini aytganidan so‘ng yana bir bor AQSH yetakchisining tanqidiga uchradi, deb yozmoqda “CNN” nashri.
– Zelenskiyning g‘azablantiruvchi bayonotlari ziddiyat tugatilishini qiyinlashtirmoqda. Ukraina uchun vaziyat og‘ir. Hozir tinchlikka erishish mumkin yoki butun mamlakatni yo‘qotishdan oldin yana uch yil kurashish mumkin, -deb yozdi Tramp o‘zining “Truth Social” sahifasida.
RF raketalari poytaxt Kiyev va mamlakatning ikkinchi yirik shahri Xarkovga Trampning ushbu postidan bir necha soat o‘tib zarba bergan. Ukraina rasmiylari so‘nggi hujumlarda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani va 70 ga yaqin kishi jarohat olganini ma’lum qildi.
Voqealar rivoji Rossiya – Ukraina nizosini tugatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarga yangi noaniqliklar tug‘dirmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA