Tramp: Eron shartlarga rozi bo‘lmasa, qattiq chora ko‘riladi (+video)
Garchi Eron hukumati bir necha marta qat’iyan rad qilgan bo‘lsada, Oq uy matbuot kotibasi AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar samarali davom etayotganini ta’kidlamoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Agarda Eron Tramp shartlariga rozi bo‘lmasa, Oq uy keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Matbuot kotibi Kerolayn Levitt ham buni tasdiqlab, shunday dedi: - Agar Eron voqelikni tan olmasa va mag‘lub bo‘layotganini tushunmasa, Tramp juda kuchli zarba berilishini ta’minlaydi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu gal Tramp juda keskin chora ko‘rishga tayyor. Shuning uchun Eron yana xato qilmasligi kerak.
Shu bilan birga, Kerolayn Levitt AQSH va Eron o‘rtasidagi muloqotlar davom etayotganini bildirgan. Uning aytishicha, muzokaralar samarali ketyapti va AQSH taklif qilgan
15 banddan iborat reja muhim jihatlardan iborat.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbas Arag‘chiy esa vositachilar orqali xabar almashishni haqiqiy muzokara deb hisoblamasligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron urushni o‘z shartlari asosida tugatishni istaydi va qarshilikni davom ettiradi.
Shu kuni Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibof ham ogohlantirish berdi. Uning razvedka ma’lumotlariga tayanib aytishicha, Eron dushmanlari Fors ko‘rfazidagi bir orolni egallashni rejalashtirmoqda. Agar shunday qilishsa, o‘sha davlatning muhim infratuzilmalari doimiy hujumlar nishoniga aylanishi mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EBdF5tAfFVI?si=svurV8vyDeeDXfEw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA