“Toza havo” oyligi davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Respublikamizda davom etayotgan “Toza havo” oyligi doirasida Surxondaryo viloyatida ham qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ma’lumki, bugungi kunda sanoat korxonalari va transport vositalarining keskin oshib borishi atmosfera havosiga tashlanadigan zararli tashlamalarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida atmosfera havosiga jami tashlanadigan tashlamalarning 90-95 foizi harakatlanayotgan transport vositalardan hosil bo‘lmoqda.
[gallery-6825]
Joriy yilning 10 aprelidan 10 may kuniga qadar davom etadigan “Toza havo” oyligi esa atmosfera havosiga bo‘ladigan bunday zararli ta’sirlar miqdorini kamaytirish maqsadiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirlarda atmosfera havosiga belgilangan me’yor darajasidan yuqori zararli tashlama tashlovchi transport vositalari aniqlanib, ushbu transport vositasi haydovchilari belgilangan tartibda ogohlantirilmoqda, ularga atrof-muhit ifloslanishining oldini olish borasida tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA