Toshkentda boks kechasi o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi “JAR“ sport-sog‘lomlashtirish majmuasida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan boks kechasi tashkil etildi.
Poytaxtimizdagi “JAR“ sport-sog‘lomlashtirish majmuasida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan boks kechasi tashkil etildi.
Nufuzli musobaqada charm qo‘lqop ustalarimizdan tashqari Kuba, Gruziya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan professional bokschilar ringga ko‘tarildi.
Musobaqaning 79 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan toshkentlik Abduhamid Hakimov qozog‘istonlik tajribali bokschi Mixail Krinitsinni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozondi.
Shuningdek, bokschilarimizdan Muhriddin Baqoev, Shukur Toshboltaev, Shukurillo Vohidov, Hojiakbar Qodiroxunov, Timur Merjanov va Abdulaziz Najmiddinov o‘z vazn toifalarida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.
Kechaning markaziy jangi esa 90 kilogrammgacha vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Unda kubalik Leomar Peres va gruziyalik Paata Aduashvili o‘zaro raqobatlashdi. Olti raund etib belgilangan mazkur bellashuvda L.Peres raqibini 4-raundda texnik nokautga uchratib, navbatdagi g‘alabasini nishonladi.