Toşkentda boks böyiça jahon kubogining final bosqiçi start oladi
Bugun, 28-noyabr kuni poytaxtimizda kattalar örtasida boks böyiça jahon kubogining final bosqiçi boşlanadi.
World Boxing taşkiloti taqvimidan örin olgan mazkur musobaqada 30 ta mamlakatdan 132 nafar boksçi — 68 nafar erkak va 64 nafar ayol sportçi ğoliblik uçun ringga kötariladi. Musobaqa start olişi arafasida jahon kubogining rasmiy oçiliş marosimi taşkil etildi.
Tadbirni Özbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov hamda World Boxing taşkiloti prezidenti Gennadiy Golovkin oçib berib, iştirokçilarga omad tiladi.
Marosimda, şuningdek, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari, Osiyo olimpiya kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov, sport vaziri örinbosari Şahrillo Mahmudov, Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari, Asian Boxing taşkiloti vitse-prezidenti Saken Polatov hamda federatsiya boş kotibi, World Boxing taşkiloti vitse-prezidenti Mirşohid Tillaboyev iştirok etdi.

Kötarinki ruhda ötgan keça milliy sanʼatimiz namunalari va musiqiy çiqişlarga boy böldi.
Bugun musobaqaning birinçi kunida erkaklar örtasida 50, 65 va 85 kilogramm, ayollar örtasida esa 51 va 57 kilogramm vazn toifalarida janglar ötkaziladi.
Kun davomida Özbekiston terma jamoasining beş nafar vakili ringga kötariladi. Jumladan, Şodiyorjon Meliköziyev 50 kilogramm vaznda qozoğistonlik Daniyal Sabit, Feruza Qozoqova 51 kilogramm vaznda yaponiyalik Yuna Nişinaka, Xumorabonu Mamajonova 57 kilogramm vaznda rossiyalik Lyudmila Voronsova, Norbek Abdullayev 85 kilogramm vaznda rossiyalik Idar Zanilov hamda Abdurahmon Mahmudjonov 65 kilogramm vaznda tailandlik Bunjong Sinsiriga qarşi bahs olib boradi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA