Toshkentda 1100 nafar taekvondochi bellashmoqda
Poytaxtimizdagi “Universal sport saroyi”da taekvondo (WTF) bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalarda 1100 nafar yosh sportchi o‘zaro bellashmoqda.
Dastlabki kun bellashuvlarida Durdona Abdug‘aniyeva (Toshkent viloyati), Sevinch Otayeva (Xorazm viloyati), Dinaraxon Doniyorova (Buxoro viloyati), Islom Rajabov (O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi), Husayinbek Soatboyev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Najmiddin Qosimhojiyev (Surxondaryo viloyati), Marat Mavlonov (O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi) lar o‘z vazn toifasida mahorat bobida tengdoshlaridan ancha ustun ekanligini namoyon etib, g‘oliblik shohsupasining eng baland pog‘onasidan o‘rin egalladi.
[gallery-475]
Musobaqalar joriy yilning 20 dekabriga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA