Toshkent viloyatida ham ovoz berish davom etmoqda
Erta tongdan mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasining referendumiga ovoz berish boshlandi.
7- referendum uchastkasi Nurafshon shahridagi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida joylashgan. Bu yerda mazkur mahallada yashovchi 1 ming 607 nafar aholi ovoz berish uchun ro‘yxatga olingan. Ulardan 36 nafari birinchi marta ovoz berishda qatnashadi. Ayni paytda ular referendum uchastkasiga kelib, mamlakatimiz tarixidagi muhim jarayonda faol qatnashyapti.
[gallery-11645]
Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev ham oila a’zolari bilan referendum uchastkasiga kelib ovoz berdi. Mahalla ahli bilan suhbatlashdi.
Hududlarda ovoz berish davom etmoqda.
A.Musayev, D.Ernazarov, O‘zA (surat)