«Toshkent indeks»ga talabalarni joylashtirish boshlandi
Xabaringiz bo‘lsa, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan shu kunlarda «Toshkent indeks» savdo majmuasida talabalar uchun yotoq joylarni tayyorlash jarayonlari qizg‘in olib borilayotgan edi. Shahar hokimligi tomonidan maqsad qilinganidek, ayni paytda mavjud ehtiyoj uchun qariyb 3 ming o‘rinli joy hozirlanib, bugun ularga 600 dan ortiq joylashdi.
Ularning yaqinlari dastlab majmuadagi shart-sharoitni ko‘zdan kechirib, yaratilgan imkoniyatdan mamnun ekanliklarini yashirishmadi. Shuningdek, bu ishlarga bosh-qosh bo‘lgan Toshkent shahar hokimligi mas’ullariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Ehtiyojdan kelib chiqib, yotoq o‘rinlarini oshirish va ularga talabalarni joylashtirish ishlari davom ettiriladi.


O‘zA