“Top 100 Uni Camp” loyihasi davom etmoqda
Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida “Top 100 Uni Camp” loyihasining ikkinchi mavsumi bo‘lib o‘tdi. Unda chet el universitetlarida magistratura yo‘nalishida tahsil olish istagini bildirgan 175 nafar yosh ishtirok etdi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilingan “Top 100 Uni Camp” loyihasi yoshlarga dunyoning Top 100 universitetlariga ariza topshirish jarayonlarini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat eshiklarini ochdi. Loyiha yoshlarga chet el universitetlariga ariza topshirish jarayonini bepul, sodda va tushunarli usulda o‘rgatishni maqsad qilgan. Loyihaning ilk mavsumi Bo‘stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida start olgan edi.



Mazkur loyihaning ikkinchi mavsumida ham ishtirokchilar bir hafta davomida chet el universitetlariga hujjat topshirish jarayonlari, grantlarni qo‘lga kiritish usullari hamda EYUF, Erasmus Mundus, Chevening, va DAAD kabi yirik loyihalar haqida chuqur bilim va ko‘nikmalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA