Tomorqachilar faoliyati “mahallabay” o‘rganilmoqda
O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi rais o‘rinbosari Z.Mustafaqulov, Jizzax viloyati kengashi raisining o‘rinbosari D.Noraliyev va boshqalar Zarbdor tumanida tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Ular tumanning “Oqbuloq” mahallasida bo‘lib, Akmal Qodirov oilasining 15 sotixlik issiqxonasida tomchilatib sug‘orish usulida bulg‘or qalampiri yetishtirish tajribasi bilan tanishdi. Issiqxonada yiliga 3 marta hosil olinmoqda va oila yiliga o‘rtacha 35-40 million so‘m daromad olmoqda. Shu mahallada yashovchi Xabibulla Mutalov xonadonida 350 dan ziyod parranda parvarishlanmoqda. Oila kelgusida yetishtirilgan jo‘jalarni kam ta’minlangan va temir daftariga kiritilgan mahalladoshlariga bepul tarqatishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamg‘arma “Oqbuloq” mahallasi aholisini ichimlik suvi va tomorqani sug‘orish uchun kerakli miqdorda so‘m bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida artezian quduq qazish uchun subsidiya ajratdi.

Obi-hayot yetarlicha bo‘lsa, dehqonchilikda hosildorlik ham yaxshi bo‘ladida. Buni tumanning “Andijon” qishlog‘i misolida ko‘rish mumkin. “Andijon” qishlog‘ida yashovchi Fayzulla Xo‘jaberdiyev oilasi 25 sotixda dehqonchilik qilmoqda. Olma, nok, o‘rik, anor, shaftoli daraxtlaridan iborat bog‘ yaxshi hosil bermoqda.1,5 sotixlik issiqxonada limon daraxtlari va 350 dona pomidor ko‘chati parvarishlanmoqda. Bunday omilkorlikni mahalladagi har bir oila misolida kuzatish mumkin.
Uchrashuvda ishtirokchilarga tomorqachilikni rivojlantirish, bu borada yaratilgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
O‘zA