Tomorqa egasi qachon subsidiya oladi?
Ishsizman. Tomorqam bor. Issiqxona tashkil qilish uchun subsidiya olmoqchi edim. Nima qilishim kerak?
Ishsizman. Tomorqam bor. Issiqxona tashkil qilish uchun subsidiya olmoqchi edim. Nima qilishim kerak?
Ijtimoiy tarmoq orqali kelgan bu savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova javob berdi.
“Siz yashab turgan hududingizdagi aholi bandligiga koʻmaklashish markazi(ABKM)ga yozma yoki onlayn tarzda ariza berasiz. ABKM xodimlari 3 kuni ichida tomorqani, tomorqa yer egasining bandlik darajasini oʻrganadi va xulosa qiladi. Shunga koʻra fuqaro –“Tomorqa xizmati” MCHJ va ABKM oʻrtasida uch tomonlama shartnoma imzolanadi. Shartnomada belgilangan muddatda yengil konstruksiyali issiqxona quriladi yoki urugʻlik/koʻchat yetkazib beriladi. Agarda u yumushlar bajarilmasa, sugʻorish vositasi xarid qilib beriladi.”