To‘lqin Tojiyevning xotira kechasi o‘tkazildi
San’at va adabiyot insoniyatning eng yaqin do‘sti. Bunda teatr san’ati esa alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ustoz san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Sahnada teatr ustoz san’atkorlari, O‘zbekiston xalq artistlari Rixsi Ibrohimova, Erkin Komilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Qahramon Abdurahimov va Dilnoza Kubayeva o‘zbek teatr san’atiga benazir hissa qo‘shgan To‘lqin Tojiyevning boy ijodiy merosi haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

Xotira kechasidan so‘ng tomoshabinlar hukmiga «Sadoqat bilan...» («Ofitserlar») spektakli havola etildi.
San’atimizning bu kabi yorqin namoyandalariga bo‘lgan hurmat tomoshabinlar qalbida ham chuqur iz qoldirdi.
Sherbek Islomov, O‘zA