To‘lanmagan kompensatsiya va sarson qilingan fuqarolar...
Majburiy ijro byurosining Yangiyo‘l shahar bo‘limi 9 nafar fuqaroga hokimlikdan 1 milliard 536 million 695 ming 146 so‘m kompensatsiya pullarini undirib berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan, Yangiyo‘l shahar xokimligi fuqarolarga kompensatsiya pullarini to‘lab berishi kerak bo‘lgan.
Afsuski, buzilgan noturar joy evaziga to‘lanadigan bu pullar egalariga berilmay kelgan.
Oqibatda, byuro xodimlari tomonidan hokimlik hisob raqamlariga band solish va pul mablag‘larini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, hisoblariga taqiq qo‘yiladi. Natijada, kompensatsiya pullari bo‘lim depozit hisob raqamiga amalda to‘liq undiriladi.
Shundan so‘ng, mablag‘lar undiruvchi fuqarolarning plastik kartalariga o‘tkazilishi ta’minlangan.
O‘zA