Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlari boshlandi
Dunyoning 206 mamlakatidan tashrif buyurgan 12 500 nafar sportchi 339 medallar shodasi uchun kurash olib boradigan Yozgi Olimpiada o‘yinlari, garchi rasmiy ravishda ertaga ochilsada, bahslar boshlab yuborilgan.
21 iyul kuni softbol sport turidan uchta o‘yin o‘tkazilgan:
Avstraliya – Italiya – 1:0
Yaponiya - Meksika – 3:2
AQSH – Kanada – 1:0.
Shuningdek, futbol o‘yinlariga ham start berilgan. Olimpiadaning futbol turida erkaklar va ayollar jamoalari o‘zaro kurash olib borishadi. Unda ishtirok etadigan jamoalar:

Erkaklar
“A” guruhi: Fransiya, Meksika, Yaponiya, JAR
“V” guruhi: Ruminiya, Gonduras, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya
“S” guruhi: Ispaniya, Argentina, Avstraliya, Misr
“D” guruhi: Braziliya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Kot-d Ivuar
Ayollar
“Ye” guruhi: Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Chili
“G‘” guruhi: Braziliya, Xitoy, Niderlandiya, Zambiya
“G” guruhi: AQSH, Shvetsiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya.
Ko‘rib turganingizdek, erkaklar o‘rtasida qit’amiz sharafini Yaponiya, J.Koreya, Avstraliya va Saudiya Arabistoni, ayollar o‘rtasida esa mezbonlardan tashqari Xitoy va Avstraliya terma jamoalari himoya qilishadi.
Birinchi tur yakuniga ko‘ra, erkaklar termalarida hozircha qit’adoshlarimizning dastlabki qadami qutlug‘ kelmadi – arabistonliklar ham, koreyaliklar ham mag‘lubiyatga uchrashdi. Ayollar orasida esa yutqazgan ham, durang o‘ynagan ham va hatto raqibini mag‘lub etgan ham bor. Avstraliyaliklar geografik hudud bo‘yicha o‘z qit’adoshlari – Yangi zelandiyaliklardan ustun kelishdi.
1-tur natijalari:
21 iyul. Ayollar.
Buyuk Britaniya – Chili – 2:0
Yaponiya – Kanada – 1:1
Xitoy – Braziliya – 0:5
Zambiya – Niderlandiya – 3:10
Shvetsiya – AQSH – 3:0
Avstraliya – Yangi Zelandiya – 2:1
22 iyul. Erkaklar
Meksika – Fransiya – 4:1
Yangi Zelandiya – J.Koreya – 1:0
Misr – Ispaniya – 0:0
Kot-d Ivuar – S.Arabistoni – 2:1
Shuningdek, quyidagi o‘yinlar ham bo‘lib o‘tadi:
Yaponiya – JAR
Gonduras – Ruminiya
Argentina – Avstraliya
Braziliya – Germaniya.
Musobaqalar 24 iyuldan davom ettiriladi.
Oybek Yunusov, O‘zA