Tojikiston “Tolibon”ni tan olmoqchi emas
Tojikiston Respublikasi hozirgi Afg‘oniston muvaqqat hukumati borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirmadi.
Ikki mamlakatning turli idoralari rahbarlari o‘rtasidagi barcha diplomatik va ishchi aloqalar zarur va birinchi navbatda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan, dedi Tojikiston Strategik tadqiqotlar markazi rahbari Xayriddin Usmonzoda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muayyan sohalardagi hamkorlik, gumanitar yordam va umumiy chegaradagi xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq aloqalar saqlanib qolmoqda.
U shuningdek, Tojikiston hozirda Afg‘onistonni boshqarayotgan “Tolibon” hokimiyatini tan olmasligini ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA