Til o‘rganishga qiziqish ortmoqda
Jizzax shahridagi 22-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’lim maskanining ingliz tili xonalari komputer, videoproyektor, televizor, DVD pleyer, monitor va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangani o‘g‘il-qizlarning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga xizmat qilayotir. Darslar og‘zaki nutq, qiziqarli o‘yin va savol-javoblar tarzida o‘tilmoqda. O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilishi uchun ota-onalarga ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha maxsus qo‘llanma tarqatilgan.