Tibbiyot xabarlari – qisqa satrlarda
Misr hukumati tomonidan insonparvarlik ko‘magi sifatida ajratilgan gepatit S ga qarshi ”Sofosbuvir-400mg“ dori vositasining joriy yildagi uchinchi partiyasi Toshkentga yetib keldi.
Jami 6720 donadan iborat mazkur preparatlar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
***
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida kengashning yangi tarkibi tasdiqlanib, Jamoatchilik kengashiga rais saylandi.
Mazkur kengash Agentlik huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat olib boruvchi maslahat organi hisoblanadi.
Yig‘ilishda ko‘plab dolzarb masasalar o‘rtaga tashlandi.

***
Navoiy viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Qiziltepa tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan havoning ifloslanish darajasini aniqlash maqsadida tuman hududining bir necha nuqtalarida tahlillar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, sanitariya-gigiyena talablari namunalar ko‘rsatkichi sanitariya me’yorlaridan oshmagan.

***
Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda Respublika qon quyish markazi sayyor guruhi bilan hamkorlikda “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi. Unda tyutorlar va talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
Aksiyada yig‘ilgan qon preparatlari uchun ajratilgan albumin dori vositalari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun beg‘araz berilishi rejalashtirilgan.

M.Qosimova, O‘zA