Tibbiyot faxriylari yo‘qlandi
Mamlakatimizning barcha hududlarida Tibbiyot xodimlari kuni yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tdi. Kasb bayrami munosabati bilan shifokorlarga, soha faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Andijon viloyati bo‘limi, uning tuman, shahar bo‘linmalari tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida bir guruh tibbiyot faxriylari xonadonlariga borildi, ularning xolidan xabar olinib, sovg‘a-salomlar topshirildi.
Izboskan tumanida uzoq yillar tibbiyot sohasida samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriy shifokorlar holidan xabar olindi, ularga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
[gallery-9574]
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari N.Abdumannonov boshchiligida bir guruh faollar “Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan Bo‘ston tumanida istiqomat qilayotgan faxriy shifokorlar holidan xabar oldi, ularga "Mahalla tayanchi" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘rpa va choyshablar sovg‘a qilindi.
Tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan bu kabi yo‘qlov tadbirlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘lib o‘tdi.
F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA