Tibbiyot birlashmasidan ezgu tashabbus
Buxoro viloyati Romitan tumani tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan muborak ramazon hayiti kunlari ezgu amalga qo‘l urildi.

– Dastlab o‘tganlar xotirasi yodga olinib, ularning ruhi poklariga qur’on tilovat qilindi, – deydi birlashma boshlig‘i Jamshid Tohirov. –Hayit kunlari yakka yolg‘iz, ijtimoiy himoya muhtoj, nogironligi bo‘lgan hamda yotoqdagi bemorlar holidan xabar olindi. Kardiolog, nevropatolog, endokrinolog, terapevt, ftiziator kabi tor mutaxassislar hamda UTT va EKG apparatlari bilan jihozlangan avtobus ro‘yxat asosida shakllantirilgan tumanning 30 nafar aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. “Saxovat va ko‘mak” qutilari tarqatildi.

Tumanda ko‘ngli o‘ksik qalblarning holidan xabar olishdek ezgu ishlar davom etmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA