Tez va oson vazn yo‘qotish - XATO (+video)
Yevropada ortiqcha vazndan kelib chiqadigan o‘lim sabablari orasida yurak-qon tomir kasalliklari birinchi o‘rinni egallaydi: bular arterial gipertenziya (yuqori qon bosimi), insult va yurak xuruji kabi kasalliklardir. Ular har yili dunyo bo‘ylab deyarli 20 million odamni olamdan olib ketadi.
Ikkinchi o‘rinda 2023 yilda global epidemiya ko‘rinishini olgan diabet kasalligi hisoblanadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tmishda 10 yil ichida diabetdan o‘lim 52%ga oshdi.
Yevropa aholisining kasallanishi tahlili shuni ko‘rsatadiki, hatto 50 yoshga ham kirmaganlar orasida 97% ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan!
Biz hammamiz bilamizki, har qanday mahsulotni har qanday miqdorda iste’mol qilgan taqdirda ham nozik va sog‘lom bo‘lib qoladigan odamlar bor. Ba’zilar esa muntazam ravishda diyetada bo‘lishiga, mashq qilishiga qaramasdan semirishda davom etishadi. So‘nggi tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, buning barchasi metabolizmdan, aniqrog‘i, ortiqcha vaznli odamlardagi modda almashinuvi bo‘yicha muammolarda.
Ortiqcha vazn nimasi bilan xavfli? Nega ko‘pchilik diyetada bo‘lsa ham oza olishmaydi? Och qolish orqali vazn yo‘qotish mumkinmi? Oshqozon kichraytirish amaliyoti qachon tavsiya etiladi? Ortiqcha vazn erkaklarda qanday kasalliklarni yuzaga keltiradi? Ortiqcha vazn oqibatlari haqida oliy toifali terapevt shifokor Dilshod Tursunov bilan batafsil suhbatlashdik.
Batafsil:
<iframe width="1519" height="578" src="https://www.youtube.com/embed/C189p03TBZs" title="Tez va oson vazn yo‘qotish - XATO" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA