Test sinovlari o‘zgacha hayajon bilan boshlandi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida ham test sinovlarining birinchi kuni talaba bo‘lish orzusidagi abituriyentlarning o‘zgacha hayajoni bilan boshlandi.
Imtihonlar Buxoro shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi va “Yoshlik” sport majmuasida belgilangan jadval asosida o‘tkazilmoqda. Manzil ob’ektlari zarur barcha jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, hududda ota-onalar uchun kutish joylari, test jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati mavjud.
[gallery-18259]
Ta’kidlash kerak, viloyatda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi 40 ming 874 nafar abituriyentdan hujjat kelib tushgan.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA