Termizdagi maktab-internatining 36 bitiruvchisidan 32 nafari oliygohda ta’limni davom ettirmoqda
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Al-Hakim at-Termiziy nomidagi 1-viloyat yosh fizik-matematiklar maktab-internatida 458 nafar o‘g‘il-qiz saboq olmoqda.
Mazkur ta’lim maskani 1990 yil Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan. Ayni paytda bu yerda 49 nafar pedagog yoshlarga puxta saboq berib kelayotir.
[gallery-6378]
Maktab-internatda o‘quvchilar ilg‘or texnologiyalar asosida bilim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Fan va sport to‘garaklari doim yoshlar bilan gavjum.
O‘tgan o‘quv yilida maktab-internatni bitirgan 36 nafar o‘g‘il-qizning 32 nafari, ya’ni 89 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan. Shuningdek, mazkur bilim dargohining 14 nafar o‘quvchisi ta’limni Prezident maktabida davom ettirmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA