Termizda yangi Pedagogika instituti tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining “Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.
Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.