Termiz-Jidda yo‘nalishida aviareyslar yo‘lga qo‘yildi
FOTOREPORTAJ
Termiz xalqaro aeroportidan ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri Termiz-Jidda yo‘nalishida aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda Umra ziyoratchilari “Centrum Air” aviakompaniyasining Airbus-320 rusumli havo kemasida Termizdan to‘g‘ri Jidda shahriga uchish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Qo‘shni davlat bo‘lmish Tojikistondan ham ushbu yo‘nalishda parvozni amalga oshirishga katta qiziqish bildirilmoqda.
Airbus-320 havo kemasi Termiz-Jidda yo‘nalishida 180 ta yo‘lovchini 4 soatda manzilga yetkazish imkoniga ega. Parvozlar har 15 kunda amalga oshiriladi.
[gallery-15334]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA