Tennischimiz yarim finalga yo‘l oldi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida J60 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda Akmal Abdullayev uchinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Turnirning yakkalik bahslarida Akmal Abdullayev uchinchi bosqichda avstriyalik Timo Rosenkranzni 7:5, 6:2, chorak finalda neytral tennischi Anton Karsevni 6:2, 4:6, 7:6 hisobida yengdi va yarim finalda neytral tennischi Saveli Razanau bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, Akmal Abdullayev juftlik bahslarida neytral tennischi Artem Makelov bilan ikkinchi bosqichda boshqa bir neytral tennischilar Anton Karsev va Andrey Pikulin tandemini 6:3, 4:6, 10:6 hisobida taslim qildi. Endi Akmal va Artem chorak finalda portugaliyalik Martim Bernardo va italiyalik Fabio Leonardi juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA