Tennischilarimizning shashti baland
Namangan shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha xalqaro turnirda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Namangan shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha xalqaro turnirda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi “Fyuchers” musobaqasining birinchi davrasida Saida’lo Saidkarimov, Sanjar Fayziyev, Botir Safoyev, Temur Ismoilov va Abduvoris Saidmuhammedov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Turnirning ikkinchi davrasida Saida’lo Saidkarimov va ukrainalik Denis Molchanov, Sanjar Fayziyev va Abduvoris Saidmuhammedov, Botir Safoyev va serbiyalik Marko Tepavach, Temur Ismoilov va Janubiy Afrika Respublikasi vakili Diyen O'brayn o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning juftlik bahslarida hamyurtimiz Pavel Soy va qozog‘istonlik Timur Xabibulin, Sanjar Fayziyev va Jo‘rabek Karimov, Saida’lo Saidkarimov va Botir Safoyev, Humoyun Sultonov va qirg‘izistonlik Doniyor Duldayev chorak finalga yo‘l oldi.