Tennischilarimizning g‘alabalari
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Tashkent Challenger – 2015” an’anaviy xalqaro turnirini sportchilarimiz muvaffaqiyatli boshladi.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Tashkent Challenger – 2015” an’anaviy xalqaro turnirini sportchilarimiz muvaffaqiyatli boshladi.Yakkaliklar o‘rtasidagi birinchi davra bahslarida Farrux Do‘stov Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichni 6:2, 7:5 hisobida yengdi.
Xalqaro turnirning juftlik bahslarida birinchi raqamli tennischimiz Denis Istomin belaruslik Aleksandr Buriy bilan rossiyalik Konstantin Kravchuk va ukrainalik Denis Molchanovga qarshi kortga chiqib, 6:4, 4:6, 10:4 hisobida g‘alaba qozondi. Jo‘rabek Karimov va Sanjar Fayziyev xorvatiyalik Nikola Mektich va Franko Skugorga qarshi kechgan bahsda 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
13-oktabr kuni Denis Istomin isroillik Vladimr Ignatik, Temur Ismoilov rossiyalik Aleksandr Kudryavsev, Jo‘rabek Karimov isroillik Amir Ventraub, Sanjar Fayziyev estoniyalik Vladimr Ivanov bilan bahslashadi.
Juftlik bahslarida Farrux Do‘stov AQSh vakili Jon Fruttero bilan birgalikda Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkich va estoniyalik Yurgen Zoppga qarshi kortga chiqsa, Temur Ismoilov va Shonig‘mat Shofayziyev germaniyalik Andre Begeman va yangi zellandiyalik Artyom Sitak bilan bahslashadi.