Tennischilarimiz uchun g‘alaba kerak
Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi ko‘p tarmoqli “Humo Arena” majmuasida tennis bo‘yicha “Devis kubogi”ning I Jahon guruhi uchun saralash doirasida O‘zbekiston — Polsha terma jamoalari o‘zaro raqobatlashmoqda.
Bugun juftlik bahslarida Sergey Fomin/Maksim Shin juftligi Hubert Hurkach/Yan Zelinski juftligiga qarshi kortga chiqadi. Shuningdek, Humoyun Sultonov — Hubert Hurkach va Sergey Fomin — Maks Kosnikovski o‘rtasida yakkalik bahslar o‘tkaziladi. 3 fevral kunidan o‘rin olgan bahslar soat 13:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu terma jamoalarning ilk to‘qnashuvida ikki yakkalik bahslar o‘tkazilib, unda Polsha termasining qo‘li baland keldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA