Tennischilar Andijonda bahslashmoqda
Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan musobaqa boshlandi.
Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan musobaqa boshlandi.Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Chexiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Singapur, Qozog‘iston, Turkiya va Ukrainadan yuzga yaqin tennischi qatnashmoqda.
Yakkalik bahslarining birinchi davrasida tennischilarimizdan Shonig‘matjon Shofayziyev singapurlik Roy Xobbs, Sanjar Fayziyev qozog‘istonlik Timur Xabibulin, Sergey Fomin gruziyalik Georgiy Sivadze, Amal Sultonbekov rossiyalik Markos Kalovelonisga qarshi kortga tushadi. Birinchi davrada, shuningdek, sportchilarimiz Temur Ismoilov va Abror Isoqov o‘zaro bahslashadi.
Arina Fols belaruslik Ilona Kremen, Jamila Sodiqjonova Buyuk Britaniya vakili Gabriyela Teylor, Shahnoza Hotamova rossiyalik Valeriya Savinix, Polina Merenkova hindistonlik Ankita Raina bilan kuch sinashadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, vakillarimiz Sabina Sharipova va Sarvinoz Saidxo‘jayeva ham birinchi davrada uchrashadigan bo‘ldi.