Temiryo‘lda tashishni tashkillashtirishga bag‘ishlangan mashg‘ulot
FOTOREPORTAJ
Urganch temiryo‘l vokzali yuk bekatida Nukus temiryo‘l uchastkasi shoxobchasi va aeroportining harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi tomonidan Urganch garnizonida joylashgan harbiy qism hamkorligida harbiy texnikalarni yuklash va tushirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi.
Harbiy harakatlar chog‘ida harbiy texnikalarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishda temiryo‘llarning ahamiyati katta. Albatta, bunday vaziyatlarda tezkorlik va aniqlik talab etiladi. Temiryo‘lda tashishni tashkillashtirishga bag‘ishlangan mashg‘ulot harbiy xizmatchilarda ayni shu jihatlarni takomillashtirishga qaratildi.
Mashg‘ulot avvalida, harbiy xizmatchilarga amaliy mashg‘ulot rahbarlari tomonidan mavzu yuzasidan nazariy bilimlar yana bir bor eslatib o‘tildi. Texnikalarni tashish jarayonida hujjatlarni to‘g‘ri yurgizish, yuklash va mustahkamlash vaqtida kerak bo‘ladigan uskunalar hamda qorovul tarkibi o‘rin oladigan vagonning jihozlanishi va anjomlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. So‘ng avtomashinalarni platformalarga yuklash boshlandi.
[gallery-13817]
Mashg‘ulot davomida avtomobillar platformalarga joylandi, zanjirlar bilan mustahkamlanib, niqoblash ishlari amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, vagonlar belgilangan manzilga jo‘nab ketishga tayyor holatga keltirildi.
Harbiy xizmatchilar belgilangan vazifani o‘z vaqtida to‘g‘ri va a’lo darajada bajardi.
Mashg‘ulot yuzasidan harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA