Televizor eksporti hajmi 35 foizga oshdi
Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitga qaramasdan joriy yilning 10 oyi davomida mamlakatimizdan 13,8 million dollar qiymatidagi 119 ming 425 dona televizor eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35 foizga ko‘p, demakdir.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, televizorlarning 32 foizi Ozarbayjon, 24 foizi Qozog‘iston, 21 foizi Rossiya va 8 foizi Ukrainaga eksport qilingan. Joriy yilda televizorlar eksporti Qirg‘iziston va Tojikistonga 2,2 barobarga oshgan.
2020 yildan boshlab Gruziya va Turkiyaga yurtimizdan televizorlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.
O‘zA