Tehronda Shveysariya diplomati halok bo‘ldi
AQSHning Erondagi manfaatlarini himoya qiladigan Shveysariya elchixonasi xodimasi Tehrondagi ko‘p qavatli binodan yiqilib vafot etdi, deb xabar tarqatdi Mehr agentligi tezkor xizmat bergan ma’lumotga tayanib.
Xabarda aytilishicha, 51 yoshli diplomat elchixonaning birinchi kotibi bo‘lib ishlagan hamda AQSH manfaatlarini ham himoya qilgan.
Tezkor xizmat vakilining ma’lum qilishicha, hozircha diplomatning o‘limi baxtsiz hodisami yoki o‘z joniga qasd qilishmi, aniq emas.
Tehron Vashington bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatgandan keyin Shveysariya elchixonasi AQSHning manfaatlarini himoya qila boshladi.