Tashqi ishlar vaziri nimadan xavotirda?
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu Twitter orqali bergan bayonotida Venesueladagi konstitutsiyaviy tuzumni yiqitishga bo‘lgan urinishlar haqidagi xabarlardan xavotirini ma’lum qildi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu Twitter orqali bergan bayonotida Venesueladagi konstitutsiyaviy tuzumni yiqitishga bo‘lgan urinishlar haqidagi xabarlardan xavotirini ma’lum qildi.
U jumladan, “Biz qonuniy hukumat nodemokratik yo‘l bilan almashinishiga qarshimiz”, deb fikr bildirgan.
"Anadolu Ajansı" xabariga ko‘ra, u Venesuela ziddiyati muloqot yo‘li bilan yechim topishi lozimligini aytib, “Biz hamisha Venesuela xalqi tomonidamiz”, deb ta’kidlagan.