«Tashabbusli byudjet»ga ovoz berish boshlandi
«Tashabbusli byudjet»ning 2024 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Ovoz berish jarayonlari 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Bugun, 22 avgustdan «Tashabbusli byudjet»ning 2024 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlari 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:
— «Ochiq byudjet» portalining veb-sahifasi;
— portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
— Telegram’dagi rasmiy bot yordamida ovoz berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz: 2024 yildan «Tashabbusli byudjet»dagi loyihalarda «Bir fuqaro — bir ovoz» tizimi amal qilmoqda. Ya’ni bir fuqaroda bir necha telefon raqami bo‘lsa ham, u faqat bittasidan ovoz bera oladi.
O‘zA